Hisob va ma'lumotni o'chirish
Xodim+ ilovasi · Account and data deletion
Qanday so'raladi
Xodim+ hisobini xodimning o'zi emas, uning ish beruvchisi (korxona) ochadi va boshqaradi. Shuning uchun hisobni o'chirishning ikki yo'li bor:
Korxona administratori orqali. Administratoringiz yoki HR bo'limiga murojaat qiling — u hisobingizni panelda o'chiradi.
Bizga yozish orqali. Telegram orqali yozing yoki xurshidbekabdulakimov@gmail.com manziliga xat yuboring va quyidagilarni ko'rsating: ism-familiyangiz, korxona nomi va hisobga bog'langan telefon raqami yoki email. So'rov egasini tasdiqlash uchun shu raqam yoki emaildan javob so'rashimiz mumkin.
So'rov 30 kun ichida bajariladi.
Nima o'chiriladi
Hisob ma'lumoti: ism-familiya, telefon raqami, email, parol.
Profil rasmi va undan hisoblangan yuz namunasi.
Davomatni belgilashda olingan selfie suratlar va joylashuv koordinatalari.
Push bildirishnoma tokenlari va Telegram bog'lanishi.
Nima saqlanib qolishi mumkin
Ish beruvchi qonun bo'yicha saqlashga majbur bo'lgan mehnat va buxgalteriya yozuvlari (ish vaqti tabeli, hisoblangan va to'langan maosh) qonunda belgilangan muddat davomida saqlanishi mumkin. Bu yozuvlar bo'yicha qarorni ish beruvchingiz qabul qiladi.
Account and data deletion (English)
Xodim+ accounts are created and managed by your employer. To delete your account and data, either ask your company administrator, or message us on Telegram or email xurshidbekabdulakimov@gmail.com with your full name, company name and the phone number or email linked to the account. We may ask you to confirm the request from that number or email. Requests are completed within 30 days.
Deleted: account details, profile photo and face template, check-in selfies and location coordinates, push tokens and the Telegram link. Employment and payroll records that your employer must keep by law may be retained for the legally required period.
More detail: Privacy Policy.